Mehnati ragʻbat topdi

Date:

Sidqidildan qilgan mehnatlaringiz ortidan rahmat eshitsangiz, eʼtiborga tushsangiz, bir inson uchun bundan ortiq baxt boʻlmasa kerak. Bu yanada shijoatga toʻldiradi qalbimizni. Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi arafasida turli sohalarda samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir qator vatandoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Mukofotlanganlar orasida 12 nafar surxondaryolik yurtdoshimiz ham bor. Viloyat hokimligi majlislar zalida orden va medallarni ularga tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, barcha qatnashchilarni mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi hamda davlatimizning yuksak mukofotlarini egalariga topshirdi.

Marosimda so‘zga chiqqan mukofotlanuvchilar yuksak e’tibor va e’tirof uchun davlatimizga chuqur minnatdorlik izhor etdilar. Shuningdek, ushbu mukofotlarni Vatan ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida yanada mas’uliyat bilan xizmat qilishga chorlov sifatida qabul qilayotganlarini ta’kidladilar.

Shu bilan birga, viloyatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirgan samarali mehnati uchun bir guruh fidoyilar ham viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun