“Xorijda ish” bor…

Date:

Mamlakatimizda aholi turmush farovonligini yaxshilash hamda bandligini ta’minlash, kambagʻallikni qisqartirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Barchamizga ma’lumki, xorijiy mamlakatlarga moʻmay pul topish istagida ish izlab ketayotgan  yurtdoshlarimizni koʻp uchratamiz. Ularning aksariyati  noqonuny ravishda, ya’ni biror tanishi ijtimoiy tarmoqdagi katta mablagʻ vaʼda qilgan firibgarlarga ishonib, ish haqqini ololmaslik, ogʻir sharoitlarda ishlash, odam savdosiga duch kelish, hujjatsizlik kabi bir qancha muammolarga duch kelishadi.
Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida davlatimiz tomonidan zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Xususan, Oʻzbekiston hukumati xorijda ishlayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish maqsadida rasmiy mehnat migratsiyasi takomillashtirmoqda (masalan, Rossiya, Janubiy Koreya bilan mehnat shartnomalari).
Xalqaro tashkilotlar (ILO, IOM) bilan hamkorlikda migrantlar huquqini himoya qilish kabi tashkilotlar faoliyat yuritayotir.
Bugungi kunda ishsiz yoshlarni kasbga oʻrgatish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish  va turmush farovonligini yaxshilash  maqsadida mehnat yarmarkalari tashkil etilgan.
Denov tumani markazidagi “Eko bog‘”  xiyobonida ham “Xorijda ish” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov va xorijga ishga borish istagi boʻlgan yoshlar  ishtirok etdi.
Tadbir Migratsiya agentligi, O‘zbekiston Xususiy bandlik agentliklari uyushmasi, viloyati hokimligi hamda Denov tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
Yarmarkada eng ishonchli 15 ta xorijiy bandlik agentliklari va ish beruvchilar o‘z vakant ish o‘rinlarini taqdim etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar Janubiy Koreya, Germaniya, Bolgariya, Mo‘g‘uliston, Slovakiya, Turkiya, Xorvatiya va boshqa davlatlarda qonuniy mehnat migratsiyasi tartiblari bilan tanishtirildi. Shuningdek, har bir mamlakatdagi ish haqi va mehnat sharoitlari, talab etiladigan hujjatlar va ularni tayyorlash jarayoni, xususiy bandlik agentliklarining servis va ko‘mak xizmati, mehnat shartnomalari va huquqiy kafolatlar haqida maʼlumotlar berildi.

Mazkur mehnat yarmarkasi aholi bandligini ta’minlash, xorijda ishlash istagi boʻlgan yoshlarning qonuniy va xavfsiz mehnat qilishida keng imkoniyat yaratadi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

D.Mahmudova

Oldingi sahifa“Navbahor”ga suv keldi
Keyingi sahifaADASHISH

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

57 yillik orzu ro‘yobga chiqdi

Muzrabot tumani markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan "Qorakamar" qishlog‘i...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Muzrabot tumanining Chegarachi mahallasidagi 29-sonli umumta’lim maktabida yangi o‘quv...

Yoshlar sog‘lom hayot sari chorlanmoqda

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz”...

Surxondaryoda iqtisodiy taraqqiyot jadallashadi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi 16...
KunTun
KunTun