“Navbahor”ga suv keldi

Date:

Mustaqilligimizning 34 yilligiga bagʻishlab joylarda mahalla binolari, maktab va bogʻchalar, sport maydonlari foydalanishga topshirilayotgani barchada bayram kayfiyatini uygʻotmoqda. “Yuksalish” harakati Surxondaryo viloyati boʻlinmasi Bandixon tuman hokimligi bilan hamkorlikda saxovatpesha tadbirkor “Zulfiqorov Nuriddin” MCHJ rahbari Mubiddin Xudoyberdiyev tomonidan Bandixon tumani “Navbahor” mahallasi aholisiga ichimlik suvi chiqarildi.

“Shu vaqtga qadar ichimlik suvini 2-3 kilometr uzoqlikdan tashib qiynalib, keltirib ichardik. Bugun qarangki, hovlimizga ichimlik suvi yetib keldi. Biz buni orzu qilgan edik. Mahallamizga ichimlik suvi kelishi yurtimizga yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayramiga toʻyona boʻldi” deydi – mahalladagi nuroniy Abdullo bobo Boboyev”

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun