Siz bilgan va bilmagan dunyo

Date:

“Surxon” davlat qo‘riqxonasining “Sholqon” boʻlimida koʻplab noyob turlarni uchratish mumkin. U yerdagi fotoqopqonda jonivorlarning koʻrinish berishi kishi eʼtiborini tortmay qolmaydi. Bu safar boʻri tasvirga tushirilgan. Bo‘ri — itsimonlar oilasining yirik vakili bo‘lib, tashqi ko‘rinishidan katta itga o‘xshaydi. Tanasi baquvvat, ko‘kragi keng, oyoqlari uzun, boshi keng peshonali va ko‘zlari keng joylashgan bo‘ladi. Bo‘rining panjasi itnikiga qaraganda cho‘zilgan, ikki barmog‘i oldinga qaragan. Yag‘rin balandligi 60–85 santimetr, tanasining uzunligi 100–160 santimetr, dumining uzunligi 35–50 santimetr, og‘irligi esa 30–50 kilogramgacha yetadi.

Katta erkaklari urg‘ochilariga nisbatan o‘rtacha 20 foizga yirikroq bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: bo‘rilar ob-havo sharoitlarini aniq seza oladi va 9 kilometr masofadagi tovush signallarini ham eshita oladi. Ularning hid bilish qobiliyati juda kuchli — 200 milliondan ortiq hidni ajratib olishga qodir. Yana bir qiziqarli jihati shundaki, bo‘rilar suvda juda erkin harakatlana oladi va bir suzishda 13 kilometr masofagacha suzib o‘ta oladi.

Jahongir Hadiyatullayev,
“Sholqon” boʻlimi boʻlim boshligʻi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun