200 nafar yoshga o‘quv anjomlari topshirildi

Date:

Mustaqilligimizning 34 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda Denov tumanida ham ezgu tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Tuman hokimi Ilhom Abrorov tashabbusi bilan tumandagi 100 oilaning 200 nafar farzandiga yangi o‘quv yili arafasida o‘quv anjomlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida bolajonlarga zarur maktab jihozlari – stol, stul, sumka, kiyim-bosh hamda turli esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Ushbu xayrli tashabbus yoshlarda bayram kayfiyatini yanada oshirib, ularning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Hokim farzandlarni mustaqillik bayrami bilan qutlab, ularning bilimli, intellektual salohiyatli va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib borilayotganini ta’kidladi.
Ushbu ezgu tashabbus ota-onalar va mahalla faollari tomonidan ham iliq kutib olindi. Ular davlat va jamiyat tomonidan oilalarga, ayniqsa, yosh avlodga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun