Tashabbusda xayr bor

Date:

Prezidentning 2025-yil 15-maydagi PF–87-son Farmoni ijrosi doirasida aholi farovonligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Termiz tumani nogironlar jamiyati tashabbusi bilan navbatdagi xayrli ish amalga oshirildi.

Dam olish kunlari tumanda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan 30 nafar fuqaro uchun madaniy sayohat uyushtirildi. Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami arafasida tashkil etilgan mazkur sayohat davomida ishtirokchilar “Sangardak” turizm qishlog‘idagi sharshara, tog‘li manzaralar va go‘zal tabiat qo‘ynida maroqli dam olishdi.

Sayohatchilar ushbu tashabbusdan chuqur mamnun bo‘lib, bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlik ularning hayotida alohida ruhiy quvonch uyg‘otganini ta’kidlashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun