Registon-u Shohi Zinda boʻylab…

Date:

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” loyihasi doirasida Sherobod tumanidagi 34-umumta’lim maktabi jamoasi va ularning oila a’zolari tarix va qadimiylik maskani bo‘lgan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida ishtirokchilar Registon maydoni, Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi kabi yodgorliklarni ziyorat qilishdi.

Shuningdek, ular Samarqandning milliy urf-odatlari, qadimiy an’analari va zamonaviy taraqqiyotini yaqindan ko‘rib, boy taassurotlar bilan qaytishdi. Bu tashrif o‘qituvchilar hamda ularning oilalari uchun nafaqat dam olish, balki tariximizni chuqurroq anglash, farzandlar qalbida Vatanimizga mehr va sadoqatni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Sayohatdan olingan yorqin fotolavhalar barchaga unutilmas xotiralar bo‘lib qoladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qogʻozsiz bir kun”

Oʻzbekistonda davlat idoralarida qogʻoz sarfini keskin kamaytirish va ish...

Ochiq mavsum va keng imkoniyatlar

Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Xalqaro bozordagi...

Muhim qaror

Sariosiyolik Abdurashid Xaliqov o‘z hayoti davomida halol mehnati bilan...

Navro‘z – hamjihatlik timsoli

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Bandixon tumanida keng ko‘lamli...
KunTun
KunTun