Xitoydan 65 ta avtobus keladi

Date:

Avtobus kutishga koʻp vaqt ketadi. Bu vaqtimizni behuda sarflash bilan birga, asabbuzarlikka ham sabab boʻladi. Balki yoʻnalishli avtobuslar yetishmas. Ana shunday muammolarga yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyat Transport boshqarmasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari “Weichai Power” zavodida avtobuslar uchun ishlab chiqarilayotgan zamonaviy dvigatellar, ularning quvvati va ishonchliligi bilan tanishdi. Shuningdek, “ZHONGTONG BUS” kompaniyasida avtobuslarni ishlab chiqarish jarayonlari o‘rganildi.

Uchrashuvlar natijasida Surxondaryo viloyati uchun qo‘shimcha 65 ta avtobus yetkazib berish, ularni “Brutto” shartnomasi asosida muntazam qatnovlarga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Ayni paytda Termiz shahri uchun mo‘ljallangan 35 ta avtobusning birinchi partiyasi sinov va tayyorgarlik bosqichida bo‘lib, yaqin kunlarda yurtimizga yetkazib kelinadi.

Yangi avtobuslar aholiga xavfsiz, qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish, shuningdek, Termiz shahar transport tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun