Bolalar uchun muhim bosqich

Date:

Bandixon tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi bolalar uchun nafaqat quvonchli dam olish, balki jismoniy va ma’naviy rivojlanishning muhim bosqichiga aylangan. Ochiq havodagi ijodiy mashg‘ulotlar, harakatli o‘yinlar, ertakli teatrlashtirilgan sahnalar va sog‘lom ovqatlanish – bolajonlar uchun har bir kunni bayramga aylantirmoqda.

Bandixon tumanidagi 3-sonli DMTTda “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi hamda “Yozgi sog’lomlashtirish” oyligi doirasida  maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, tarbiyaviy ishlarni boyitish maqsadida bog‘chalar o‘rtasida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda tarbiyachilar eng yaxshi metodikalar, yangi yondashuvlar, faol o‘yin usullari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Bunday seminarlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirib, har bir muassasa faoliyatida sifatli o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun