“Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul”

Date:

Bugungi kunda nuroniylar katta hayotiy tajribaga, qalb tafakkuriga ega shaxslardir. Ular har bir oila, mahalla, jamiyat uchun tinchlik va barqarorlik timsoli sanaladi.

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga binoan, nuroniylarning hayotdan mamnun boʻlib yashashlari, ularga munosib ehtirom koʻrsatish, faol jamiyat a’zosi sifatida ularning taklif va tavsiyalaridan samarali foydalanish uchun qator imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, “Nuroniylar maskani”,  “Mahallabay ishlash tizimi”da nuroniylar faol ishtirok etib, yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotir. Shu bilan birga, nuroniylar milliy qadriyatlarimizni saqlash, yosh avlodni vatanparvarlik, odob-axloq, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda beqiyos oʻrin tutadi. Ular tomonidan aytiladigan nasihatlar, maslahatlar, hayotiy maktabi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Shuningdek, turli sohalarda uzoq yillik mehnati sarflangan, yurtimiz taraqqiyotiga xissa qoʻshgan nuroniylarning jamoat ishlarida ham faolligi har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda. Termiz shahrida nuroniylar va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani yanada kuchaytirish hamda nuroniylarning jamiyat hayotidagi faol o‘rnini yanada yuksaltirish maqsadida “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.Tanlovda shahrimizning turli mahallalarida faoliyat yuritib kelayotgan nuroniylar ishtirok etdi.

Tanlovda yoshlarga berayotgan ibratli hayoti, fidoyiligi va tajribasini keng jamoatchilikka namoyish etdilar. Tanlov yakunida 1-o‘rin— M.Negmatullayevaga (“Turon” mahallasi) — 1 875 000 so‘m) nasib etdi.Tadbir yakunida ishtirokchilarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Og‘ir mahalla”da holat qanday?

Sariosiyo tumanidagi “Kelajak sari” MFYda “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida...

Banan yetishtirishda yangicha yondashuv

Surxondaryoning issiq iqlimi qishloq xo‘jaligida yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun...

Uch avlod — bir maktab, bir maqsad

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tajriba, bugungi...

Aktivlarga yo‘l yengillashmoqda

Tadbirkorlar uchun davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirishda yangi...
KunTun
KunTun