Nazariya va amaliyot uyg‘un

Date:

Termiz davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar izchil davom etmoqda. Kimyo fakultetida loyiha doirasida tashkil etilgan “Amaliy kimyo laboratoriyasi” to‘garagi talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, shuningdek, ularning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur to‘garakda talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, kimyoviy tajribalar o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ishlashni o‘rganish hamda amaliy tadqiqotlarda faol ishtirok etish kabi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdalar.

“Amaliy kimyo laboratoriyasi” to‘garagi – bu nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish, talabalar kasbiy mahoratini shakllantirish zamin yaratmoqda. U kelajakda raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun