Xavfsizlik muhim

Date:

Hali u, hali bu bozorda yongʻin chiqqani, koʻrilgan zarar haqida tez-tez eshityapmiz. Ofat molga ham, jonga ham zarar bermasin. Shunday ekan, xavfsizlik muhim. Surxondaryo viloyati hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘ining topshirig‘iga asosan hududlarda yirik savdo komplekslari, bozorlar va yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yong‘in hamda texnika xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganishlar hamda kamchiliklarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi “Angor kelajagi savdo kompleksi” MCHJga qarashli bozorda olib borilayotgan ishlar hamda berilgan topshiriqlar ijrosini o‘rgandi. Ayrim ishlar talab darajasida emasligi, maxsus texnikalar harakati uchun qulay sharoit yaratilmagani hamda yong‘in xavfi mavjudligi tanqid qilindi.

O‘rganishlar davomida kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi va ularni bartaraf etish, fuqarolar, xususan, sotuvchi va xaridorlar xavfsizligini ta’minlash, tadbirkorlarning mol-mulkini yong‘indan asrash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish vazifalari belgilab berildi.

Shuningdek, tumanning og‘ir toifadagi hududlaridan biri — “Novshahar” mahallasida infratuzilma holati hamda aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasi o‘rganildi. Mas’ullarga mahallada yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlarni yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun