Yashil hayot sari ilmiy qadamlar

Date:

Termiz davlat universiteti Hududiy tadqiqotlar markazi mutaxassislari muhim ilmiy loyiha ustida ish olib bormoqda. Ayni vaqtda universitet ilmiy bo‘limi hamda Xitoy Fanlar Akademiyasi Shinjon Ekologiya va Geografiya instituti mutaxassislari — professor Kaihui Li, professor Shengyu Li va ularning ilmiy yordamchilari bilan hamkorlikda qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotchilar viloyat Gidrometeorologiya markaziga tashrif buyurib, meteorologik, gidrologik, agroiqlimiy va ekologik kuzatuvlar jarayoni bilan tanishdilar. Shuningdek, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlari hududlarida ko‘chma qum va issiq garmsel shamollarining salbiy ta’sirini o‘rganish, masofadan zondlash va xaritalashtirish, hududni ko‘kalamzorlashtirish va ko‘chma qum barxanlarini mustahkamlash, yashil belbog‘larni barpo etish, cho‘l tuproqlarini mustahkamlash uchun ekilishi rejalashtirilgan o‘simliklar tarkibini ishlab chiqish ishlari ustida izlanishlar olib borishmoqda.

Ushbu ilmiy hamkorlik Surxondaryo hududida barqaror ekologik muhit yaratish va yashil hayot sari muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Oldingi sahifaKun-u tun xizmatda
Keyingi sahifaMurojaatlar joyida hal

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun