Kun-u tun xizmatda

Date:

Turizm sohasi rivojlanib, sayyohlar oqimini jalb etish maqsadida eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Sherobod tumani ham ziyorat va ekibyurizm uchun xos va mos hudud. So‘nggi yillarda Sherobod tumanida qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.Jumladan, Jahon banki mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida “Turizm markazi” barpo etish, “Chorbog‘” qishlog‘ini zamonaviy “Turizm qishlog‘i”ga aylantirish, “Taroqli” mahallasida tunu-kun faoliyat yurituvchi turizm ko‘chasini tashkil etish kabi tashabbuslar rejalashtirilgan. “Iso at-Termiziy” majmuasida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga ushbu loyihalar taqdimot qilindi. Tashabbuskorlar hamda hudud va soha mutasaddilari loyihalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va kutilayotgan natijalar haqida axborot berishdi.Loyihalarni takomillashtirish, texnik-iqtisodiy asoslarini mukammal ishlab chiqish va istiqbolini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.Taqdimotdan so‘ng, viloyat rahbari majmuani ziyorat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun