Bayramga hozirlik qizgʻin

Date:

Mustaqillik eng ulugʻ va eng aziz bayram. Xalqning azaliy orzulari, ota-bobolarimizning qoni va joni ila biz avlodlarga berilgan eng buyuk tortiqdir hurlik. Shu sababdan ham yurtimizda eng ulug‘ va aziz ayyom — Mustaqillik bayrami keng nishonlanadi. Bayramga ham sanoqli kunlar qoldi.

Viloyatimizda ushbu qutlug‘ sanani munosib nishonlash maqsadida qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasining yozgi amfiteatr maydonida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan asosiy bayram tadbiriga tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Dastur doirasida maydonni bezatish, konsert dasturi loyihalarini tayyorlash va umumiy tashkiliy ishlar muhokama qilindi. Viloyat rahbari bayram tadbirini yuqori saviyada tashkil etish, sahna va maydon bezatilishini zamonaviy talablarga moslash, konsert dasturini esa mazmunan boy va qiziqarli tarzda o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kamonchilar sinovdan oʻtdi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Erta nikoh – ikki holatda mumkinmi?

Erta nikohning oldini olish va voyaga yetmaganlarning huquq hamda...

Taʼlim hamkorligi kengayadi

Surxondaryo ta’lim tizimining xalqaro aloqalarini rivojlantirish, zamonaviy tajribalarni o‘rganish...

Eski bozor hududi yangilanmoqda

Muzrabot tumanida aholi uchun qulay va zamonaviy muhit yaratish...
KunTun
KunTun