Zamonaviy va xavfsiz

Date:

Uzun tumanining bir qator mahallalari hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega 7,6 kilometr (4R-101V) yo‘l bo‘yida keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilma ishlari amalga oshirilmoqda.

Loyihaga muvofiq, respublika budjeti hamda tashabbusli budjet mablag‘lari hisobidan yo‘l chetlariga piyodalar yo‘laklari qurilmoqda, ariqlarga beton latoklar o‘rnatilib, zamonaviy energiya tejamkor yoritgichlar o‘rnatilib, yo‘l kecha-yu kunduz 24/7 rejimda yoritib boriladi.

Mazkur yangilanishlar aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash barobarida, tuman obodonligi va zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi. Qurilish ishlari izchil davom etayotgan bo‘lib, mahalliy aholi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun