Nazorat kuchaytirildi

Date:

 Jarqo‘rg‘on tuman prokurori K. To‘raqulov boshchiligida mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025–2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

Mazkur qaror doirasida tumanning “Hayitobod” mahallasida bunyod etilayotgan 90 o‘rinli 38-maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida olib borilayotgan qurilish ishlari joyida o‘rganildi. Tekshiruv davomida qurilishning belgilangan loyiha talablariga muvofiq, sifatli va muddatida yakunlanishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida ayrim ishlarda sifat va hajm jihatidan kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, smeta hujjatlarida qo‘shib yozish holatlariga barham berish, ish jarayonini yanada jadallashtirish hamda qurilish materiallaridan oqilona foydalanish bo‘yicha mutasaddilarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ezgulik va hamjihatlik ayyomi

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik...

Ramazon hayiti: shukronalik va birlik ifodasi

Boysun tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki ruh, samimiylik va...

Surxondaryoda hayit namozi oʻqildi

Surxondaryo viloyatida muborak Ramazon hayiti yuksak ruh, shukronalik va...

Munosiblar e’tirof etildi

Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning...
KunTun
KunTun