Loyiha natija bermoqda

Date:

Islom taraqqiyot bankining bosh iqtisodchisi Musa Jega Ibrohim va baholovchi konsultanti Rayhon Sobirova Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar universitet rektori Rasul To‘rayev bilan muloqot oʻtkazdi. Bank mablag‘lari hisobidan oliygohga yetkazib berilgan “Muhandislik va agrar soha bo‘yicha o‘quv-laboratoriya to‘plamlari”dan foydalanish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Loyiha doirasida universitetga 8,347 milliard so‘mlik zamonaviy uskunalar yetkazib berilgan bo‘lib, 7 ta yo‘nalish — Biologiya, hayot faoliyati xavfsizligi, kimyo, mahsulotlarni qayta ishlash, tuproqshunoslik, mexanika va avtomatika bo‘yicha jami 168 ta laboratoriya jihozlari o‘rnatilgan. Mehmonlar laboratoriyalarda bo‘lib, loyiha natijalari va joriy holatiga yuqori baho berdilar.

Oldingi sahifa“Tabiatni asraylik”
Keyingi sahifaBokschilar ringda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun