“Tabiatni asraylik”

Date:

Sariosiyo tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Favqulodda to‘qson kunlik” ish rejasi doirasida hamda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ekologiya – tozalik, tabiatni asraylik” mavzusida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. Tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Tojiddin O‘zbekov, bo‘limning mas’ul xodimlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari, tajribali tarbiyachilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Seminar davomida ishtirokchilarga ekologik tarbiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, bolalarda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat va mas’uliyat hissini shakllantirish, hamda yashil hayot tarzini targ‘ib etishga oid nazariy va amaliy bilimlar yetkazildi. Amaliy mashg‘ulotlar doirasida ishtirokchilar maktabgacha ta’lim tashkiloti hududini obodonlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlari ekish, ekologik viktorinalar, rasm tanlovlari,interaktiv o‘yinlar, sahna ko‘rinish va chiqishlari  orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.

Yakunda faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Seminar ishtirokchilar tomonidan yuqori baholanib, maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik tarbiyani kuchaytirish yo‘lida muhim tashabbus bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun