Bokschilar ringda

Date:

Boksni tomosha qilishning ham, ringga raqibga peshvoz chiqishning ham zavqi, hayajoni bor. Bu boks sport turining-da o‘z ishqibozlari borligidan darak. Bokschi mashg‘ulotlarda bilagidagi kuchini chiniqtirsa, ringda toblanadi. Tayyorgarlik qay darajada ekaniga baho beradi.

Termiz shahrining Yakkakurash sport majmuasida boks bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa qizg‘in va murosasiz kechdi. Eng kuchli sportchilarning bahslari, zarbalari barcha uchun unutilmas bo‘ldi.

Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabining sportchilarining ishtiroki esa e’tirof  va olqishlarga sazovor bo‘ldi. Javohir Toshtemirov, Karina Elmuratova, Munisa Zokirova, Jasmina Quvvatovalar shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar Prezident Olimpiyadasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun