Go‘sht arzonlashdimi?

Date:

 Go‘sht oqsil, B 12 va temir moddasining koni hisoblanadi. Organizmda muammo kuzatilmasligi uchun to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilish kerak. Shifokorlar likopchaning to‘rtdan bir qismida go‘sht, qolganida sabzavotlar, dukkakli hamda o‘simlik mahsulotlari bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi.Go‘sht qimmatli mahsulot bo‘lgani uchun ham bu ta’kidlovlarga qarab emas, imkonimizga qarab ishlatamiz, iste’mol qilamiz. Aholi ehtiyojlarini qondirish, bozordagi narx-navo barqarorligini ta’minlash hamda sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni qoplash maqsadida “Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori” MCHJda arzonlashtirilgan go‘sht mahsulotlari bo‘yicha yarmarka tashkil etildi.

Yarmarkada mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan bir qatorda, chetdan olib kelingan muzlatilgan go‘sht mahsulotlari ham aholiga taklif etilmoqda. Bu esa bir vaqtning o‘zida ham narxlarni pasaytirishga, ham aholining tanlov imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Yarmarka davomida go‘sht mahsulotlari belgilangan tartibda, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilingan holda sotilmoqda. Mahsulotlar sifati va xavfsizligi tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lsa…

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yigitlar uchun ta’lim olish...

Mahallalar “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”ga aylantiriladi

"Taraqqiyot va yetakchilik maskani" dasturi doirasida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash,...

Denovdagi harbiy qismda…

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda...

Migratsiya: huquq va manfaatlar ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida Tashqi mehnat...
KunTun
KunTun