Topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyatida 2025/2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida umumta’lim maktablarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish hamda zamonaviy o‘quv sharoitlarini yaratish ishlari jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida rekonstruksiya qilinayotgan 7-, 13- va 15-sonli umumta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda avvalgi tashriflar chog‘ida berilgan topshiriqlarning ijrosini o‘rgandi.

Ta’mirlash ishlarini jadallashtirish, ularni belgilangan muddatlarda va yuqori sifatda yakunlash, shuningdek, maktablarni zamonaviy jihozlar bilan to‘liq ta’minlab, yangi o‘quv yiliga har tomonlama tayyor holatga keltirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha mas’ullar hisobotlari tinglandi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun