El salomatligi yo‘lida

Date:

Jarqo‘rg‘on tuman prokurori tashabbusi bilan tuman markazidan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan 30-sonli oilaviy poliklinikaning Oltintepa filialida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ushbu tadbirga malakali shifokorlar jalb etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida qariyb 200 nafarga yaqin fuqaro sog‘lig‘i holatini tekshirtirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Skrining tekshiruvlari ko‘plab xotin-qizlardagi yashirin kasalliklarni aniqlab, kerakli davo choralarini ko‘rishga xizmat qildi. Ko‘rik yakunida 175 nafar bemorda sog‘liq muammolari aniqlandi. Jumladan, 6 nafar ayolda bachadon bo‘yin saratoni, 5 nafarida sut bezi saratoni, 7 nafarida esa  kardiologik va endokrin kasalliklar aniqlanib, mutaxassislarga yo‘naltirildi.

9 nafar bemor tuman darajasidagi statsionar sharoitda davolanish uchun qoldirildi. Qolgan bemorlarga ambulator davolanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 5 nafar fuqaroga nogironlikni belgilash uchun ko‘rsatma berildi.

Oldingi sahifaKITOB
Keyingi sahifaTaklif va tavsiyalar berildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun