245 ta vakant to‘ldimi?

Date:

Boysun tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi va hamkor tashkilotlar tomonidan tumandagi 39-son umumta’lim maktabida  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Mehnat yarmarkasida tumandagi 90 ta korxona, tashkilot hamda muassasalar o‘zlaridagi mavjud 245 ta bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Fuqarolarning 55 nafariga o‘zlariga maqbul keluvchi  iqtisodiyotning turli sohasidagi ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berilib, ishga joylashishiga ko‘maklashildi, shundan  45 nafari yoshlarni tashkil etdi.

Ishtirok etgan 151 nafar bitiruvchi va ishsiz fuqarolarning 10 nafariga kasb-hunarga qayta o‘qitish uchun yo‘llanma berildi. Shuningdek, 33 nafariga mehnatga oid qonunchilik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun