Xitoylik talabalar o‘zimizda malaka oshirmoqda

Date:

“Yozgi universitet” loyihasi doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida malaka oshirayotgan Shihezi universitetining doktorant, magistr va bakalavr talabalari bugun Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lishdi.

Mehmonlar institutda olib borilayotgan paxtachilik bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari, xususan, yangi navlar yaratish va urug‘chilikdagi innovatsiyalar bilan tanishdi. Shuningdek, TDMAU Agronomiya, seleksiya va urug‘chilik kafedrasi mudiri, dotsent N. Abdurahimov tomonidan viloyat paxtachiligida erishilgan ilmiy yutuqlar yuzasidan mahorat darsi o‘tkazildi.

Uchrashuv talabalar va tadqiqotchilar uchun amaliy bilim va ilmiy tajriba almashish imkoniyatini yaratdi.

Oldingi sahifaXavfi yuqori
Keyingi sahifaSho‘rchilik qizlar finalda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun