Sun’iy intellekt insoniyatni yo‘q qiladi

Date:

Google va Microsoft kompaniyalarining sobiq muhandisi Neyt Soaresning ta’kidlashicha, texnologiyalar rivojlanishining hozirgi sur’ati saqlanib qolgan taqdirda sun’iy intellekt (SI) tufayli insoniyatning yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli kamida 95 foizni tashkil qiladi.

Machine Intelligence Research Institute notijorat tashkiloti rahbari, Neyt Soaresning aytishicha, zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari hali boshlang‘ich bosqichda bo‘lsa-da, yaqin kelajakda ular mustaqil ravishda maqsadlar qo‘yish, qarorlar qabul qilish va uzoq muddatli istiqbolni rejalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, deb yozmoqda Britaniyaning The Times gazetasi. Mutaxassis vaziyatni ulkan tezlikda jarlik tomon harakatlanishga o‘xshatib, shunday dedi: «Men mashinani to‘xtatib bo‘lmaydi demoqchi emasman. Ammo biz hozir to‘la kuch bilan jarlik tomon bormoqdamiz».

Uning fikricha, sun’iy intellektning qaror qabul qilish jarayonlarini nazorat qilish imkonsizligi va uning muntazam ravishda aldash qobiliyati alohida xavf tug‘dirmoqda. Gazeta xabarida keltirilgan dahshatli ssenariylardan biri sun’iy intellektning biologik qurol ishlab chiqarish ehtimoli bo‘lib, bu qurol yirik shaharlar aholisining katta qismiga syezdirmasdan kasallik yuqtirishi mumkinligi haqida ma’lum qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun