Qashqadaryolik bogʻcha rahbarlari Surxondaryoda

Date:

Qashqadaryo viloyatining bir guruh maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari tajriba almashish va amaliyot bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida mehmonlar Termiz shahridagi 16- va 24-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bo‘lishib, bu yerda yaratilgan sharoitlar, bolalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-mashg‘ulot ishlari, zamonaviy yondashuvlar hamda innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuv davomida maktabgacha taʼlim tizimidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish, hududlar oʻrtasida samarali muloqotni kuchaytirish, tashkiliy-uslubiy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan konstruktiv fikr almashuvlar va amaliy kuzatuvlar oʻtkazildi.

Bunday tashriflar maktabgacha taʼlim tizimida sifatni oshirish, professional taraqqiyotga ko‘maklashish va hududlararo o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rekord yangilandi

Dubayda o‘tayotgan V yoshlar para Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini...

Yolg‘on chegirmalar uchun jarima bor

Raqobat qo‘mitasi Yangi yil arafasida chakana savdoda yolg‘on chegirmalar...

Muvaffaqiyati tahsinga loyiq

Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Aliyarova Farangiz ona tili...

Suv tejalib, hosildorlik oshiriladi

So‘nggi yillarda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish...
KunTun
KunTun