Shart-sharoit va muammolar o‘rganildi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Umida Abdullayeva Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Ayni tashrif doirasida hududlarda bo‘lib, oilalar, xotin-qizlar bilan yaqindan tanishib, shart-sharoit va muammolarni o‘rganishga bel bog‘lagan. Sherobod tumanidagi “Majnuntol” mahallasida yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan, daromad manbayiga ega bo‘lmagan Toybibi Nasriddinovaning xonadoniga borildi.

U yerda uy-joyning ta’mirlash ishlari bilan tanishildi, shuningdek, ayolning ijtimoiy sharoiti, yashash muhiti, farzandlarining holati va boshqa ehtiyojlari o‘rganildi. Tegishli mutasaddilarga xonadonni tez fursatda ta’mirlab berish, zarur ijtimoiy ko‘mak choralarini ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng, “Buyuk Ipak yo‘li” mahallasiga tashrif buyurib, u yerda faoliyat yuritayotgan mahalliy tadbirkor, hunarmand Shohida Hasanovaning qo‘l mehnatiga asoslangan ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Hunarmand ayolning o‘z mehnati bilan yaratayotgan mahsulotlari, ularning bozordagi talabi hamda boshqa xotin-qizlarga namunaviy faoliyat sifatida xizmat qilayotgan tajribalari yuqori baholandi.

Ushbu mahalladagi tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Umida Abdullayeva tomonidan g‘ayriijtimoiy xatti-harakat sodir etishi mumkin bo‘lgan voyaga yetmagan qizlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Suhbat chog‘ida Nozima Xusanova ham ishtirok etib, yosh qizlarga sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy muhitga moslashuv va o‘z salohiyatlarini to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirish borasida tushunchalar berdi. Tashrif yakunida vazir o‘rinbosari tomonidan qizlarga ma’naviy-ma’rifiy kitoblar sovg‘a qilindi, ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ongini boyitish maqsadida iliq tilaklar bildirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun