Kuzda yana kelishadi

Date:

Yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosini, arxeologik yodgorliklarini jahon hamjamiyatiga keng targ‘ib etish maqsadida Turizm qo‘mitasi tomonidan nufuzli xalqaro ommaviy axborot vositalari va nashrlar vakillari uchun maxsus turlar tashkil etilmoqda.

Shu doirada Janubiy Koreyaning mashhur “Move” (“Harakat”) jurnali jurnalist va fotomuxbirlari uchun Surxondaryo viloyatiga infotur uyushtirildi. Mehmonlar Fayoztepa, Qoratepa, Kampirtepa, Zurmala kabi noyob arxeologik obyektlar, Termiz arxeologiya muzeyi hamda muzey-qo‘riqxona faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

– O‘zbekistonga safimiz davomida bir necha viloyatlarda bo‘ldik. Ammo turli din va madaniyatlarga oid tarixiy yodgorliklarni o‘zida mujassam etgan Surxondaryo bizda beqiyos taassurot qoldirdi. Bu yerda olingan suratlar asosida alohida fotokitob tayyorlashni rejalashtiryapmiz, – deydi jurnalning ijodiy direktori Cho Min Gu.

Koreyalik jurnalistlar tashrifdan katta ta’sirlangan holda, kuz faslida yana Surxondaryoga tashrif buyurish niyatida ekanliklarini ma’lum qildilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ezgulik va hamjihatlik ayyomi

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki kayfiyat va shukronalik...

Ramazon hayiti: shukronalik va birlik ifodasi

Boysun tumanida muborak Ramazon hayiti ko‘tarinki ruh, samimiylik va...

Surxondaryoda hayit namozi oʻqildi

Surxondaryo viloyatida muborak Ramazon hayiti yuksak ruh, shukronalik va...

Munosiblar e’tirof etildi

Surxondaryo viloyatida davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning...
KunTun
KunTun