Muammoning yechimi loyihalarda

Date:

Prezidentimizning “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Parlament komissiyasi a’zolari va Jamoat fondi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan joriy yilda respublikaning barcha hududlarida ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar o‘rganildi. Termiz shahridagi “Matbuot” uyi binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining viloyat bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan brifingda o‘rganilgan ayni jihatlarga e’tibor qaratildi.

Viloyatning shahar va tumanlari kesimida aholi bandligini ta’minlash, salomatligini tiklash, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llar va ko‘priklarni ta’mirlashga qaratilgan 100 ga yaqin muammolar Parlament komissiyasiga taqdim etildi. Shuningdek, komissiyasi tomonidan hududlar kesimida ushbu muammolar yechimiga qaratilgan davlat grant tanlovi e’lon qilindi.

Ushbu loyihaga aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy muhofaza va sog‘liqni saqlash, atrof-muhit va sanitar-gigiyenik holatni yaxshilash, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan grant tanloviga fuqarolik jamiyati institutlaridan ngo.gov.uz platformasi orqali Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan 14 ta grant tanloviga 521 ta, Jamoat fondining hududiy bo‘linmalari tomonidan e’lon qilingan 14 ta grant tanloviga 329 ta, jami 850 ta loyiha taqdim etilgan.

Tahlillarga ko‘ra, ularning 66 foizi nodavlat notijorat tashkilotlari, 29 foizi mahalla fuqarolar yig‘ini va 4 foizi esa ommaviy axborot vositalari ulushiga to‘g‘ri keladi.

Ta’kidlash joizki, grant tanloviga loyiha taqdim etish, ularni Parlament komissiyasi tomonidan baholash jarayonlari ilk marta raqamlashgan holda shaffof tizimda ngo.gov.uz platformasida amalga oshirildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun