Liftlar toifalarga ajratiladi

Date:

Bino va inshootlarda oʻrnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda boʻlgan liftlar 12 oydan oshmagan holda kamida 1 marta majburiy davriy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi. Bu haqda Hukumat qarori (431-son, 12.07.2025-y.) bilan tasdiqlangan “Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomda belgilandi.

Nizomga koʻra, foydalanishga topshirilgan va yangi oʻrnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimida roʻyxatga olinishidan avval dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazilishi shart. Dastlabki texnik koʻrik lift pudratchisining murojaatiga binoan 10 ish kunidan kechiktirmay ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda texnik koʻrik natijalarining toifasiga qarab quyidagi ranglarda maʼlumot yorligʻi liftga yopishtiriladi, ya’ni foydalanishga yaroqli liftga “yashil”, qisman nosoz liftga “moviy”, nosoz liftga “sariq”, foydalanish uchun xavfli liftga “qizil”. Texnik koʻrik natijasida foydalanish uchun xavfli va qizil rangli maʼlumot yorligʻi bilan belgilangan liftdan foydalanish taqiqlanishi lozim.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun