YOSHLAR KASTINGDAN OʻTDI

Date:

Jurnalistika yoshlar uchun qiziqarli va qaynoq soha. Mehnat-u mashaqqat bilan birga uning rohatini-da koʻrsatadigan ish. Ijod, bilim va tajriba uygʻunligida jurnalistlar shakllanadigan mahorat maktablari esa koʻplab soha vakillarini kashf etishga zamin yaratmoqda.

Termiz shahridagi Yoshlar markazida joylashgan Media markazda ham jurnalistikaga qiziqqan yoshlar uchun kasting boʻlib oʻtmoqda.

Saralash-u tanlovdan oʻtgan yoshlar esa tajribali va taniqli ustoz jurnalistlar tomonidan boshlovchilik, muxbirlik sirlarini oʻrganadilar.

Shu bilan birga, operatorlik qilish, montaj ustasi boʻlish uchun ham mashgʻulotlar rejada bor. SMM (ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash) yoʻnalishlari boʻyicha ham 3 oylik bepul nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlgan “Iqtidorlilar maktabi”da tanlov asosida yoshlar qabul qilinayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Asadbek boʻsh kelmadi

Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro turnirda Termiz davlat...

TerDUda amerikalik mutaxassis ish boshladi

AQSh Elchixonasi huzuridagi Mintaqaviy ingliz tili bo‘limi (RELO) vakillari...

Sinovlar boshlandi

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura...

Qumqo‘rg‘onda yangi mini-stadion ochildi

Qumqo‘rg‘on tumanining Bobolochin mahallasida yoshlar va aholi uchun mo‘ljallangan...
KunTun
KunTun