Birinchi bosqichda 10 nafar xotin-qiz band

Date:

Yurtimizda yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash, shuningdek, dual ta’limni rivojlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatida eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida Uzun tumanidagi 2-sonli politexnikumida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan “Qandolatchilik klasteri” ishga tushirildi. Loyiha doirasida har yili 3 ming nafar xotin-qizga qandolatchilik va pazandachilik sir-asrorlari o‘rgatilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, klasterda qandolat mahsulotlari va milliy shirinliklar ishlab chiqarish hamda sotuvi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, birinchi bosqichda 10 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi.

Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, klaster faoliyati, ish jarayonlari hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu loyiha yoshlar, ayniqsa, kasb-hunarga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi ta’kidlandi.

Shuningdek, shu yerning o‘zida “Target International School” MCHJning ta’lim klasteri tashkil etish bo‘yicha loyihasi taqdimoti ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, tashrif davomida “Janub gavhari” oromgohida bolalarning yozgi dam oldirish va sog‘lomlashtirish ishlari, 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi rekonstruksiyasi hamda 18-sonli maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ham o‘rganildi.

Mutasaddilarga bolalarni mazmunli va xavfsiz dam oldirishni ta’minlash, ta’lim muassasalarini o‘z vaqtida ta’mirlash va yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha vazifalar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun