Dronlar oʻzimizda ishlab chiqariladi

Date:

O‘zbekiston o‘zining uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda yuqori texnologiyalarga asoslangan uchuvchisiz uchish aviatsiya tizimlari majmuasi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimi doirasida dronlar sohasidagi yangi ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Uchuvchisiz aviatsiya majmuasida dronlar sinovdan oʻtkaziladi va parvozdan keyin texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, majmua dronlarni boshqarish punktlari, o‘quv xonalari, sport zali hamda elektron kutubxonani o‘z ichiga oladi. Unda xorijda malaka oshirgan 100 dan ortiq yosh mutaxassis ishlamoqda. Uchuvchisiz tizimlarni boshqarishning yagona markazini yaratish ustida ish olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun