337 nafar fuqaro ilk marta saylandi

Date:

Mavzuning ikir-chikirigacha bilgan insondan olim chiqadi, hayotning mazmun-mohiyatini anglagan inson esa faylasuf… Ammo jamiyatda shunday kasb egalari borki, ular anglagan haqiqatlar beshigi aynan vatani bilan chambarchas bog‘liq. Vatanki, mahalla, oila, insoniyat va uning ijtimoiylashuvidan iborat jarayonni jamlaydi.
Magazinchi G‘aybulla ham nafratlanadigan Anzirat buvi haqida bilmagan o‘rta yosh avlod yo‘q. “Suyunchi” filmi qanchalik shedevr bo‘lsa, undagi iboralar shu qadar hayotiy. Mahallaning orini yelkasida tuta olgan Anzirat buvi singari haqiqiy lider, mahalla ahlining kundalik yumushidan boxabar insongina mahalla raisi, yetakchisi bo‘la oladi. Asrlar davomida shamoyil topgan institutning bugungi holati ma’rifiy-madaniy jarayondan iboratgina emas, huquqiy boshqaruv tizimidir. Bugun oqsoqollarning bir yoqadan bosh chiqarishi-yu yosh avlodning barkamol tarbiya topishi ham mahalla faollarining zimmasidagi vazifa. Shunday ekan, davlat siyosati darajasidagi sohaning kelgusi taqdiri xalqchil siyosatning samarasi bilan yanada rivoj topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasi hamda “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, joriy yilning may-iyun oylarida mahalla raislari saylovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Shu maqsadda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining “Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Davlatimiz rahbari tomonidan mazkur saylovni yuqori saviyada tashkil qilish hamda mahalla raislari lavozimiga munosib nomzodlarning saylanishini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi. Shunga asosan, viloyatimizning 14 ta tuman va bitta shahrida tuman va shahar xalq deputatlari Kengashining qarori bilan chora-tadbirlar rejasi va Fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi tuman va shahar komissiya a’zolari tarkibi tasdiqlandi.
Saylovni tashkil qilishga ko‘maklashuvchi komissiyalar yig‘ilishlarida mahalladagi ishchi guruhlar faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqilib, ular samarali faoliyat yuritish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berildi. Saylov o‘tkaziladigan manzil va obyektlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi, ularni ovoz berish kabinalari, qutilar va zarur anjomlar bilan to‘liq ta’minlandi. Saylov bo‘yicha targ‘ibot materiallari aholi gavjum joylarga, har bir mahalla va ko‘chaga (elektron monitorlar, bannerlar, shitlar va hokazolar) joylashtirildi.
Saylovning ilk oyida
600 dan ortiq mahallada fuqarolar yig‘ini raisi saylovi o‘tkazilib, ko‘rsatilgan 1543 nafar nomzod orasidan 641 nafari mahalla raisi etib saylandi. Saylangan raislarning 337 nafari birinchi marta saylanib, shundan 59 nafarini ayollar tashkil etadi.
304 nafar mahalla raisi amaldagi mahalla raislari bo‘lib, 11 nafari deputatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Saylangan mahalla raislarining 619 nafari oliy ma’lumotli, 22 nafari o‘rta-maxsus ma’lumotga ega fuqarolardir. Bu yilgi saylovlarda mahalla fuqarolari tomonidan 9 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga ishonch bildirilganligi tizimning yangicha va istiqbolli bo‘lib borayotganligidan dalolat.
Viloyat bo‘yicha 83 ta mahalla fuqarolar yig‘ini rasining vakolat muddati kelmaganligi sababli, xususan, Bandixonda 5 ta, Boysunda 9 ta, Denovda 18 ta, Jarqo‘rg‘onda 16 ta, Qumqo‘rg‘onda bitta, Qiziriqda bitta, Sariosiyoda 18 ta, Uzunda 15 ta mahallada saylov o‘tkazilmadi.

Saydulla Abduraimov,
Fuqarolar yig‘inlari sayloviga tayyorgalik ko‘rish hamda
uni o‘tkazishga ko‘maklashish komissiyasi raisining o‘rinbosari,
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BHMning 6 baravari miqdorida

Hukumat qarori bilan «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan...

Yangi O‘zbekistonni barpo etish, fuqarolar farovonligini ta’minlash va mamlakatimizning...

Mavsum samarali tashkil etildi

Shoʻrchi tumanidagi 14-maktabgacha ta'lim tashkilotida “Yozgi sog'lomlashtirish mavsumini...

Jarimasi 3 750 000 so‘m

Viloyatiʼ prokuraturasi xodimlari, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya...
KunTun
KunTun