Xitoy bilan ekologik hamkorlik memorandumi imzolandi

Date:

“Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida China Everbright International Limited kompaniyasi bilan Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Loyihaning dastlabki qiymati 100 million AQSh dollari miqdorida baholanmoqda. Tashabbus ekologik barqarorlik tamoyillariga asoslangan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni samarali qayta ishlash orqali iqtisodiy va ekologik samaradorlikka erishishni maqsad qilgan.

Korxonalarining to‘liq quvvatda faoliyat yuritishi 2025–2027-yillar oralig‘ida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yashil energiya va issiqlik ta’minoti jamoatchilik nazoratida

Termiz shahridagi Matbuot uyida ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik...

Probatsiyadan — bandlik sari

Denov tumanida probatsiya nazoratida turgan fuqarolar bandligini ta’minlashga qaratilgan...

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...
KunTun
KunTun