“Xayr bog‘cha – salom maktab”

Date:

Viloyatimizning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Xayr bog‘cha – salom maktab” shiori ostida bayram tadbirlari davom etmoqda. Shuningdek, Termiz tumanidagi 8-, 12- hamda 14-bog‘chalardagi jajji bolajonlarimiz o‘zlarining sevimli bog‘chasi-yu qadrdon do‘stlari va tarbiyachilari bilan xayrlashib, maktab tomon parvoz qilish munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda, bolalar va ota-onalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda bolajonlarimiz tomonidan  raqs va kuy-qo‘shiqlar, sahnaviy ko‘rinishlar namoyish etildi. Ilk marotaba maktabga qadam qo‘yayotgan tarbiyalanuvchilar uchun esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Mazkur tadbirlar bolajonlarning ta’lim jarayonidagi yangi bosqichga hozirligini oshirish, ularda maktabga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Oldingi sahifaYong‘in 14 soatda o‘chirildi
Keyingi sahifaE’LON

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun