Oʻquvchilar ot sporti maktabida

Date:

Mamlakatimizda 1-iyundan 30-avgustgacha o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli va foydali o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida Termiz tumanidagi maktablardan bir guruh o‘quvchilar uchun “Qorabayir otlari mahorat maktabi”ga tashrif tashkil etildi.Ekskursiya davomida yoshlar ot sporti maktabi faoliyati, otlarni parvarishlash jarayonlari va otchopar maydoni bilan tanishishdi. Uchrashuv maroqli oʻtdi va o‘quvchilar uchun otlarda sayr qilish imkoniyati yaratildi. Bunday tadbirlar bolalarning dunyoqarashini boyitish, ularni sport va sog‘lom turmush tarziga qiziqtirish, shuningdek, milliy merosimiz — qorabayir otlariga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun