5 ta kanal rekonstruksiya qilinmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish tadbirlari doirasida 5 ta kanalda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Angor tumaniga tashrifida irrigatsiya sohasi mutasaddilari bilan uchrashuvda mazkur kanallarda olib borilayotgan ishlar holatini muhokama qildi. Mas’ullar Bandixon tumanidagi “Sherobod” mashina magistral va “Do‘stlik”, Muzrabot tumanidagi “R-1-V”, Sherobod tumanidagi “O‘ng tarmoq”, Angor tumanidagi “Novshahar” kanallarini inshootlari bilan birga rekonstruksiya qilish (betonlashtirish) ishlari ijrosi yuzasidan axborot berdi.

Mas’ullarga ishlarni sifatli va muddatida amalga oshirish, yangi tarmoq qurish va aholi hamda qishloq xo‘jaligi maydonlarini barqaror oqova suvlari bilan ta’minlash vazifalari belgilab berildi. Shundan so‘ng, viloyat rahbari Muzrabot tumanida g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarining borishi bilan tanishdi. Tuman rahbarlari va soha mas’ullari otryadlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi. O‘rim ishlarini samarali va tizimli tashkil etgan holda hosilni nes-nobud qilmasdan, muddatida yig‘ib olish topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun