Shifokorlarning maoshi oshiriladimi?

Date:

Prezident farmoni bilan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning yangi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari belgilandi. Bular xalqaro tajribaga asoslangan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning yangi modelini joriy qilish, aholiga tibbiy yordam koʻrsatishda oilaviy shifokor ulushini 70 foizga yetkazish hamda sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda tibbiyotda qogʻozbozlikni kamaytirish orqali tibbiyot xodimlari ish yuklamasini 30 foizgacha kamaytirishdir.
2025-yil 1-iyuldan mazkur Farmonda belgilangan tuman (shahar)larda, 2026-yil 1-yanvardan Samarqand viloyatining barcha tuman (shahar)larida tajriba-sinov tariqasida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy qilinadi. Tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari negizida tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari tashkil etiladi.
Farmonga koʻra, endi oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi. Shuningdek, oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, shu jumladan, ularga filial sifatida biriktirilgan muassasalar hamda mahalla tibbiyot punktlari biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, yuridik maqomga ega oilaviy poliklinikalarga hamda ularning filiallariga aylantiriladi.
Aholiga esa oilaviy shifokorni erkin tanlash huquqi beriladi.
Oilaviy poliklinikadan 10 kilometrdan uzoq masofada joylashgan mahallalarda yashovchi aholi uchun ham tibbiyot xodimlarining sayyor tibbiy xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Bundan tashqari, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi. Shu bilan birga, tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida ishlovchi shifokorlarning oylik lavozim maoshlari – 20 foizga, oʻrta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari esa 10 foizga oshiriladi. Oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) asosida oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayr bog‘cha – salom maktab”

Viloyatimizning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Xayr bog‘cha – salom...

Yong‘in 14 soatda o‘chirildi

Boysun tumanidagi “Kengdala” o‘rmon xo‘jaligi bo‘limiga qarashli archazorlarga tutash...

TerDU: targ‘ibot tadbirlari Boysunda

Yurtimizda oliy ta’lim dargohlari soni yil sayin oshib bormoqda....

“Yozgi sog‘lomlashtirish — muhim davr”

Uzun tumanidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yozgi sog‘lomlashtirish...
KunTun
KunTun