Termizda “Made in Uzbekistan” ko‘rgazma-yarmarkasi davom etmoqda

Date:

“Termiz xalqaro savdo markazi”da “Made in Uzbekistan” ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazilmoqda. Mazkur xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov hamda Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov o‘z nutqlari bilan ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada yurtimizning turli hududlaridan to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat sanoati, maishiy kimyo, farmatsevtika, qurilish materiallari va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi 200 nafardan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda qo‘shni Afg‘oniston davlatidan 30 dan ortiq tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, koʻrgazmaning birinchi kunida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi va Afg‘onistonning Balx viloyati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy-investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, afg‘onistonlik tadbirkorlarni Xalqaro savdo markaziga jalb etish yuzasidan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari uchun Afg‘oniston bozoriga chiqish, yangi hamkorlar topish va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishda muhim maydon hisoblanadi.Tadbir 12-aprel kuniga qadar davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun