Rahbarlar faoliyati nazorat ostida

Date:

Bugungi kun rahbari qanday sifat va fazilatlarga ega bo‘lishi kerak? Maktabni boshqarishda qaysi zamonaviy yondashuvlardan foydalangan ma’qul? “Liderlik ko‘nikmalari: samarali boshqaruv uchun yangi yondashuvlar” mavzusida viloyat direktorlar kengashi a’zolari uchun o‘tkazilgan o‘quv seminarida ana shunday savollarga javob topish mumkin bo‘ldi.
Seminar davomida lider bo‘lishning muhimligi kabi masalalarga to‘xtalib, kerakli tavsiyalar berildi. Dastavval, viloyat direktorlar kengashi raisi Elvina Dilaverovna so‘zga chiqib, shu paytgacha kengash tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtaldi.
Surxondaryo viloyati Direktorlar kengashi tashkil bo‘lganidan buyon bu kabi seminar-treninglar muntazam tashkil qilib kelinmoqda. Joylarga tashrif buyurib, yangi tayinlangan rahbarlar faoliyati bilan tanishilib, ularni qo‘llab-quvvatlash va ko‘mak berish orqali ishlar samaradorligi yanada oshirilmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizdagi ta’lim sohasini rivojlantirishda Direktorlar kengashi ham munosib hissa qo‘shmoqda.

Nargiza Jumayeva,
Kengash a’zosi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’limga e’tibor

Yosh avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning bilim olishi...

Tutqanoqqa davo bor

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti olimlari tomonidan...

Vatan tuyg‘usi qalblarda ulg‘ayadi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan DXX Chegara...

50 million dollarlik investitsiya

Yangi ishlab chiqarish loyihalarining hayotga tatbiq etilishi hududlarda sanoat...
KunTun
KunTun