O‘qituvchilar yangi tartib asosida toifa oladi

Date:

Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqildi. Birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etiladi. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Sport vazirligining qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari bo‘yicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari tasdiqlandi.
Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun: (2025-2026 o‘quv yilidan boshlab, 2025 yil avgust-dekabr oylari attestatsiyasidan boshlab):
— birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball);
— ikkinchi bosqich – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari bo‘yicha-20 ball, sport turlari bo‘yicha mashqlar texnikasi -40 ball).
Ta’kidlash joizki, mazkur baholash mezonlari 2025 yil avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasidan boshlab joriy etiladi (yanvar-iyun oylari attestatsiyasida esa, o‘tgan yillardagidek 50 ta test savoli beriladi).

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Inklyuziv ta’lim — teng imkoniyatlar garovi

Har bir bola sifatli ta’lim-tarbiya olish va o‘z qobiliyatini...

Qulaylik yaratildi

Aholiga sifatli va tezkor veterinariya xizmatlarini ko‘rsatishda mutaxassislarning zarur...

Mehnat ortidan farovon hayot

Mehnat — farovonlik va baraka manbai. Buni nafaqada bo‘lishiga...

Shahnoza Haydarova — Osiyo chempioni

O‘zbekiston yoshlar sportida yana bir yorqin natija! Osiyo chempionatida...
KunTun
KunTun