“Bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim”

Date:

Amir Temurning o‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat homiysi hisoblanadi.
U siyosat maydonida kirib kelgan paytda, Movanounnahr mo‘g‘ullar istibdodi ostida bo‘lib, Chingizxon va Botuxon bosib o‘tgan shahar va qishloqlar vayronaga aylangan edi. Temur davlatni boshqarishga katta e’tibor berib, har bir viloyatda Devon deb ataluvchi boshqarma tuzib, bu boshqarmalar soliq yig‘ish, ijtimoiy binolar, bozorlar, hammomlar, yo‘llar, sug‘orish tarmoqlari nazorati bilan shug‘ullangan.
Temurning soliqlar haqidagi qoidasi juda muhim ahamiyatga egadir. Temur yozadi: “Soliqlar yig‘ishda xalqni og‘ir ahvolga solishdan ehtiyot bo‘lish zarur”. Negaki, xalqni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga, bu esa, o‘z navbatida, hokimiyatning kuchsizlanishiga sabab bo‘ladi.
A. Temur umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning “Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim” degan so‘zlari buning yorqin isbotidir. Sarkarda ilm-ma’rifat homiysi hisoblangan.
Sho‘rolar tuzumi davrida Amir Temur shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan bir yoqlama baho berilib kelindi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, bunday qarashlarga barham beriladi. A Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni o‘z joyiga qoyila boshlandi. Uning nomi abadiylashtirildi. Toshkent, Samarqand Shahrisabz va boshqa shaharlarda uning xaykali o‘rnatildi. Sohibqiron bobomizning yubiley tantanalari yurtimizning ta’lim muassasalari, tashkilotlarida keng miqyosida nishonlanib kelinadi.

Nargiza Xazratqulova,
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 32-maktab o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Besh tashabbus olimpiadasi” — imkoniyatlar maydoni

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Besh tashabbus olimpiadasi”...

Sinovlarda sinashta

Surxondaryo viloyatidagi 15 ta “Jasorat maktabi”ning chaqiruvga qadar boshlang‘ich...

Ajdodlar merosi — yoshlar nigohida

Termiz shahrida yoshlarning jadid bobolarimiz hayoti va ma’rifatparvarlik merosiga...

Fuqarolik — yangi imkoniyatlar va yuksak mas’uliyat

Denov tumanida bir guruh yurtdoshlarimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi...
KunTun
KunTun