Mavsum yopildi

Date:

Volontyorlik harakati vohada ham keng quloch yozib, xonadonlarga, insonlar qalbiga ezgulik, quvonch olib kirmoqda. Hech qanday ta’ma va manfaatsiz qilingan harakatlar odamlarni dunyoda yaxshilik, yaxshi odamlar borligiga ishonchini oshirmoqda.
Viloyatimizda volontyorlik harakatining maktabi yaratilgan bo‘lib, ularning tashabbuslari maqtanishga arzigulikdir. Qolaversa, har mavsumda ana shunday volontyorlar safi kengaytirilib, ular o‘qtilmoqda, maxsus mashg‘ulotlarda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashayotir. Surxondaryo Volontyorlar maktabining 6-mavsum bitiruv marosimi yosh volontyorlar uchun unutilmas voqealarga boy tadbir bo‘ldi.
Termiz shahridagi “Yoshlar markazi”da bo‘lib o‘tgan marosimda ishtirokchilar o‘zlarining ko‘nikmalarini mustahkamlashdi, jamoaviy bellashuvlar va qiziqarli o‘yinlar orqali do‘stona muhit yaratishdi. Tadbir davomida volontyorlar o‘tgan mavsumdagi yutuqlari va loyihalari haqida suhbatlashib, o‘z tajribalarini baham ko‘rishdi. Marosimning eng hayajonli qismi esa faol volontyorlar va mentorlarga sertifikatlar, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alar topshirilishi bo‘ldi.
Volontyorlar maktabi yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undash va kelajakda yetuk liderlar sifatida shakllantirishga xizmat qilmoqda. Ushbu 6-mavsum ham ko‘plab foydali tashabbuslar va unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Murojaat muddati —huquq kafolati

Fuqarolar va tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini sud orqali himoya qilishi...

Taraqqiyot poydevori

Respublikamiz mustaqillikka erishganidan buyon o‘tgan 35 yil davomida barcha...

EKRAN ORTIDAGI XAVF: QANDAY ALDANAMIZ?

Raqamli texnologiyalar hayotimizni yengillashtirdi. Bir necha daqiqada pul o‘tkazish,...

Seuldan Surxondaryoga: tajriba, taassurotva yangi g‘oyalar

Ta’limda yangilikka intilish, zamonaviy bilim va tajribalarni o‘zlashtirish bugungi...
KunTun
KunTun