20 ta oilaga yirik shoxli qoramol berildi

Date:

Boshqa hududlarda bo‘lgani kabi Surxondaryoda ham kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Jarqo‘rg‘on tumanining “Yangi turmush”, “Uzumzor”, “Neftchilar” va “Xalqobod” mahallalarida og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalar Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi mas’ullariga biriktirilgan. O‘rganish natijasida 44 ta oila kambag‘allik reyestriga kiritilib, ularga yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Belgilangan rejaga muvofiq, 20 ta oila kambag‘allik reyestridan chiqarish maqsadida yirik shoxli qoramol bilan ta’minlandi. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalar a’zolarini ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tomorqadan samarali foydalanishga ko‘mak berilmoqda. Mazkur chora-tadbirlar aholining bandligini ta’minlash va farovonligini oshirishga qaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun