189 ball naqd

Date:

Bugunning yoshlari ildam, harakatchan va faol. O‘z oldilariga maqsad qo‘ydimi, unga erishmasdan to‘xtash bilishmaydi. Angor tumanidagi 41-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sarvara Abdumuradova ham ana shunday yoshlarning biri.
U kelajakda oliy ta’limni olib, tanlagan sohasida yetuk bo‘lishni niyat qilgan. O‘qishga kirish imtihonlari, undan keyin natijalarini kutish esa hayajonli. Sarvara esa ayni holatni boshdan kechirishni istamay, kirish imtihonlaridagi 5 ta fanlar bo‘yicha ham puxta tayyorlanib, milliy sertifikat uchun hujjat topshirdi.
Biologiya, kimyo, oʻzbek tili va adabiyoti, tarix hamda matematika fanlaridan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritib, maksimal 189 balni jamg‘ardi. Bu esa o‘z yo‘nalishida istalgan oliygohda grant asosida tahsil olish imkoniyati deganidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun