Yerdan samarali foydalanish tashkil etiladi

Date:

“Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (191-son, 28.03.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, “Online mahalla” platformasida dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqasidagi mavjud yer maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn rejimda shakllantiriladi.
2025-yil 1-iyungacha aholi tomorqalarining yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi yakunlanib, ularning alohida hisobi yuritiladi. Shuningdek, namunali mahallalar joylashadigan tuman (shahar)lardagi aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizi bosqichma-bosqich bir xil turdagi yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish uchun qamrab olinadi.
2025-yil 10-aprelgacha esa ekiladigan ekin turlari va mahsulotlarni yetishtirish reja grafigi tasdiqlanib, 20-aprelga qadar aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida yetakchi tadbirkorlar yordamida yuqori daromadli, sifatli urug‘ va ko‘chatlarni tizimli yetkazib berish, ekish va har bir tomorqadan samarali foydalanish tashkil etiladi.
Joriy yil 1-maygacha mahallalarda amalga oshiriladigan “yashil” va resurs tejamkor loyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantiriladi. Bundan tashqari, “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yengil konstruksiyali issiqxona, intensiv bog‘, tokzor, anorzor, gulchilik va ko‘chatchilik plantatsiyalarini yaratish hamda rezavor meva yetishtirish bo‘yicha yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chivinlarga qarshi innovatsiya

Sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi kundalik hayotdagi muammolarni hal...

Xalqaro urug‘chilik markazi tashkil etiladi

Qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish oziq-ovqat...

Marraga birinchi keldi

Mamlakatimizda sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish...

Diplom bilan tugamas ta’lim

Oliy ta’lim diplomi inson hayotining muhim poydevori bo‘lib qolmoqda....
KunTun
KunTun