Bellashuv qizg‘in kechdi

Date:

Harbiyni mashg‘ulotlar toblaydi. Shijoatini, mahoratini oshiradi, tomiridagi qonini toshirib, yuragida otash-olov yoqadi. Ana shunday harbiylarimiz borligi uchun ham bugun tinch va osoyishda Vatanda shukrona ila yashayapmiz. Mashg‘ulotlarda raqobat bo‘lsa, tayyorgarlik yanada kuchli bo‘ladi.
Termiz shahrida joylashgan harbiy qismda bo‘tkazilgan “Shijoat va gʻayrat” deb nomlangan harbiy-sport musobaqasi ham ana shunday raqobat maydoni vazifasini o‘tadi. Unda Yoshlar ishlari agentligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Mudofaa va Sport vazirliklari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, mahalla yoshlari ishtirok etdi.


Musobaqa shartlariga koʻra, mahallalarda istiqomat qiluvchi 18-22 yosh orasidagi Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etib, 7 ta shart asosida bellashishdi. Ishtirokchilar turnikda tortildi, oʻquv qoʻl granatasini uzoqlikka uloqtirishdi. Qolaversa, uzoq va qisqa masofaga yugurishda ham o‘zlarini sinab ko‘rdilar.
Eng qiziqarli shart AK-74 (Kalashnikov avtomatini) notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish bo‘ldi. Merganlar bellashuvi (Pnevmatik quroldan oʻq uzish) bilan musobaqa yo‘nalishlarda tashkil etildi.
G‘oliblar keyingi bosqichga yo‘llanmani qoʻlga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun