Hayit shukronalik ila boshlandi

Date:

Muborak Ramazon hayitining birinchi kuni Termiz tumanida ham shod-u xurramlik va shukronalik kayfiyatida boshlandi. Erta tongdan Varroq Termiziy jome’ masjidida hayit namozi ado etildi.

Unga 1,5 mingga yaqin tuman ahli va mehmonlar yig‘ildi. Hayit ma’ruzasida ma’naviy qadriyatlarimizning yuksalishi, bugungi farovon hayotimizning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, insonlarga mehr ko‘rsatish, ularning dardu tashvishlariga sherik bo‘lib, yaxshilik qilishning ulug‘ fazilati ta’kidlandi.

Yurtdoshlarimiz bu saodatli kunlarga yetkazgani uchun shukrona aytib, yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, omonlik va qut-baraka tilab duoga qo‘l ochdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun